FAQ

Ko'p beriladigan savollar

Hesap kimlar uchun mo'ljallangan?

Hesap jismoniy shaxslar o'rtasida oldi-sotdi, nasiya savdo va qarz shartnomalari tuzish uchun mo'ljallangan.

Yaratilgan shartnomalar yuridik kuchga egami?

Ha. Shartnoma standart talablarga mos bo'lsa, yuridik kuchga ega bo'ladi. Shu bois Hesap talablarga mos shablonlar orqali shartnoma tuzadi.

Boshqa shaxs mening nomimdan imzolay oladimi?

Yo'q. Imzolashda pasport ma'lumotlaringiz va pasportning sizga tegishliligi FaceID skaneri orqali aniqlanadi. Identifikatsiya davlat tizimi MyID orqali amalga oshiriladi.

Qarzdor to'lovlari qanday nazorat qilinadi?

Ilovada onlayn to'lov grafigi mavjud. Har bir to'lov ikkala tomon (haqdor va qarzdor) tomonidan tasdiqlanadi — bu haqqoniylikni ta'minlaydi.